Bundesliga. Chempion «Bavariya» o‘z uyida «Borussiya M»ga 6 ta gol urdi, Levandovskidan xet-trik (videosharh)

09.05.2021 02:06    

Germaniya Bundesligasining 32-turida «Bavariya» 8 may, shanba kuni «Borussiya M»ni qabul qildi.Birinchi bo‘limdayoq myunxenliklar raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi. Robert Levandovski dubl qayd etgan bo‘lsa, Tomas Myuller va Kingsli Koman bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.66-daqiqada Levandovski penaltini aniq ijro etgan holda jamoasining beshinchi golini urdi. 75-daqiqada «Bavariya» Tangi Nyanzuning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Leroy Sane yakuniy hisobni o‘rnatdi — 6:0.Avvalroq «Leypsig» «Borussiya D»ga yutqazgach, myunxenliklar muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Ushbu g‘alabadan keyin «Bavariya»ning ochkolari 74 taga yetdi. «Borussiya M» esa kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatlarini deyarli yo‘qotdi.Bundesliga, 32-tur8 may, shanba«Bavariya» – «Borussiya M» 6:0Gollar: 1:0 – 2 Levandovski, 2:0 – 23 Myuller, 3:0 – 34 Levandovski, 4:0 – 44 Koman, 5:0 – 65, penalti Levandovski, 6:0 – 85 Sane.«Bavariya»: Noyer, Pavar, Boateng (Xavi Martines, 71), Lyuka Ernandes, Devis, Alaba (Goretska, 60; Nyanzu, 70), Kimmix, Musiala (Gnabri, 60), Myuller, Levandovski, Koman (Sane, 60).«Borussiya M»: Zommer, Layner, Ginter, Elvedi, Bensebayni (Vendt, 69), Lazaro (Volf, 46), Hofmann (Shtindl, 69), Zakariya, Noyhaus, Embolo, Tyuram (Plea, 46).Ogohlantirish: Noyhaus (65).Chetlatish: Nyanzu (75).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: