- O'yin haqida fikringiz?
- Bahs qiyin kechishini bilardik. Agar o'yin boshida gol urib olsak qolgani biz uchun yaxshi bo'ladi deb futbolchilarga aytgandik. "Buxoro" jamoasining oxirgi o'yinlarini ko'rib chiqqandik. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatish bilan birga yaxshi himoyalanyapti ham. Chiroyli o'yin bo'ldi, g'alaba uchun hammaga rahmat.
- Bugungi bahsda Hojiakbar Alijonov muxlislar tomon ko'p etiroz bildirdi hamda turli ishoralar qildi. Bunga sabab nima?
- Sababini bilmayman, o'zidan so'rab ko'ramiz.