"Manchester Yunayted" "Real" yulduzi uchun 100 mln taklif qiladi

  • Mr.NoBoDy 05.04.2025 23:40
  • 138
  • 30

"Manchester Yunayted" yozda "Real"ning urugvaylik xavbeki Federiko Valverdeni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Qayd etilishicha, ingliz grandi "qaymoqranglilar"ga 100 mln evrolik taklif berishni rejalashtirmoqda. Xavbekning "Real" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt Valverdening bozor narxini 130 mln evro deb belgilagan.

Federiko Valverde "Real" safida 305 ta uchrashuv o'tkazib, 29 ta gol va 30 ta assist qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар