Bugun O'zbekiston U-17 terma jamoasi Xitoyga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi «Okaz» stadionida start oladi.
Terma jamoamiz bugungi bahsda g'alaba qozonib, Saudiya Arabistoni terma jamoasi Tailandga mag'lub bo'lmasa, O'zbekiston U-17 terma jamoasi JCH yo'llanmasini uchinchi turdan avval hal qilgan bo'ladi.