Bu haqda "Goal Media" xabar berdi.
Indoneziya tomoni Kapadzedan tashqari "Persiya"ning germaniyalik sobiq ustozi Tomas Doll va Iroq terma jamoasining ispaniyalik sobiq bosh murabbiyi Xesus Kasas nomzodlarini ilgari surmoqda.
Avvalroq Indoneziya Patrik Klyuyvert bilan shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qilgandi. 49 yoshli mutaxassis joriy yilning 8 yanvarida bu lavozimga kelgandi.
11 oktyabr kuni Indoneziya terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichida Iroqqa 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, kelasi yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan turnirga yo'llanma olish imkoniyatidan mahrum bo'lgan edi.