iks
ads

Artyom Petrosyan: "Bu g'alaba "Olimpik-MobiUz" bilan o'yin oldidan ruhiy tomondan ishonch bag'ishlaydi"

  • Mr.NoBoDy 16.10.2025 18:16
  • 143
  • 30

Pro liganing 17-turidan joy olgan "Olimpik" – "Jayxun" (3:1) uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Artyom Petrosyan fikrlarini bildirdi.

"Uzoq kutilgan g'alabaga erishdik. Bolalarga o'yin uchun rahmat. Ko'p narsa o'xshamadi, oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotyapmiz. Uchrashuvni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz. Bu muvaffaqiyatni 2 oy kutgandik. Futbolchilar oxirigacha kurashib, borini berib o'ynadi. Yosh o'yinchilarimiz yana gol uraman deya, sal xatoliklarga yo'l qo'yishdi. Biroq ularga minnatdorlik bildiraman. Uchinchi golni ertaroq ursak bo'lardi, shunda o'yin so'ngida asabiylik kuzatilmasdi", – dedi Petrosyan.


- Oldinda jamoani "Olimpik-MobiUz" bilan muhim uchrashuv kutmoqda. Bugungi g'alaba futbolchilar ruhiyatiga qanchalik tasir ko'rsatadi?

- O'tgan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin kiyinish xonasiga kirsam, hamma xafa edi. Hozir esa barcha-barcha xursandligini ko'rdim. Albatta, bu g'alaba ruhiy tomondan ishonch bag'ishlaydi. Hozircha dam olamiz va keyin 28 oktyabr kungi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. "Olimpik-MobiUz" bilan jiddiy uchrashuv bo'ladi, bu – bolalarga motivaciya berish ham shart bo'lmagan bellashuv.


Ўхшаш янгиликлар