Voqelik chempionatning 25-turi doirasida "Xan-Tengri" - "Ekibastuz" bahsi vaqtida sodir bo'ldi. 4:0 hisobida yakunlangan uchrashuv paytida futbolchi xushini yo'qotgan va birinchi tibbiy yordamga qaramasdan maydonning o'zida vafot etgan.
Keyinchalik mamlakat futbol federaciyasi matbuot xizmati futbolchining vafotini tasdiqlab, uning oilasiga hamdardlik tilagan.
Tuleu "Qayrat" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanardi. U ushbu mavsumda 25 o'yinda qatnashib, 3ta golni hisobiga yozdirib qo'ygandi.