Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Forbes nashri talqiniga ko‘ra 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda «Inter Mayami» forvardi, argentinalik Lionel Messi joy oldi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 yilgi mavsumda Ronaldu «An-Nasr» klubidan jami 280 million dollar ishlab topadi. Bu summaga nafaqat o‘yinlar uchun to‘lanadigan maosh, balki klub ishtirokida tuzilgan turli tijorat shartnomalaridan keladigan moliyaviy bonuslar ham kiritilgan. Shuningdek, u turli hamkorlardan yana 50 million dollar daromad oladi.
Forbes talqiniga ko‘ra 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari:
1. Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») — $280 mln
2. Lionel Messi («Inter Mayami») — $130 mln
3. Karim Benzema («Al-Ittihod») — $104 mln
4. Kilian Mbappe («Real») — $95 mln
5. Erling Xoland («Manchester Siti») — $80 mln
6. Vinisius («Real») — $60 mln
7. Muxammad Saloh («Liverpul») — $55 mln
8. Sadio Mane («An-Nasr») — $54 mln
9. Jud Bellingem («Real») — $44 mln
10. Lamin Yamal («Barselona») — $43 mln.