Argentina futbol assosiasiyasi Marokash terma jamoasiga qarshi noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘rtoqlik o‘yini orqali katta miqdorda daromad olishi mumkin, deb xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinaliklar bir o‘yin uchun taxminan 10 million dollar talab qilmoqda. Hozircha uchrashuv o‘tkaziladimi-yo‘qmi — bu borada aniq ma’lumot yo‘q.
Oktyabr oyida Lionel Skaloni boshchiligidagi, sardor Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi ikki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi: avval venesuelaliklarni 1:0 hisobi bilan mag‘lub etdi, keyin esa Puerto-Riko terma jamoasini 6:0 hisobida taslim etdi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga Janubiy Amerika saralash bosqichida birinchi o‘rinni egallab yo‘llanma olgan.