Neymarning «Santos» klubidagi kelajagi noaniq bo‘lib qoldi — jamoa futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.
ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatgan. Neymarning amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.
Manbalarga ko‘ra, bu qaror ikki asosiy omilga bog‘liq: futbolchining sog‘lig‘i va uning yuqori maoshi. «Santos» rahbariyati Neymar jarohatidan to‘liq tiklanmaguncha shartnomani uzaytirishni ma’qul deb hisoblamaydi. Shu bilan birga, klub futbolchining to‘liq formaga qaytishini kutmoqchi va shundan so‘ng muzokaralarni qayta boshlash niyatida.
Ta’kidlanishicha, taraflar o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘q — muzokaralar o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilgan. Neymarning klubga qaytishi «Santos»ga tijorat faoliyati va atributika savdosi orqali katta daromad keltirganiga qaramay, uning joriy maoshi klub uchun jiddiy moliyaviy yuk bo‘lib qolmoqda.
Klub rahbariyati ta’kidlaganidek, Neymar bilan kelgusidagi hamkorlik uning sog‘ligi va oldingi darajada o‘ynay olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.