iks
ads

Argentina terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini uchun 10 mln dollar talab qilmoqda

  • Mr.NoBoDy 17.10.2025 08:44
  • 228
  • 30

Argentina futbol assosiasiyasi noyabr oyida Marokash terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish orqali mo‘maygina mablag‘ ishlab olishi mumkin. Argentinaliklar o‘yin uchun taxminan 10 mln dollar so‘ramoqda, deb xabar beradi AlbicelesteTalk. Uchrashuv bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hali aniq emas.

Oktyabr oyida Lionel Skaloni jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi: dastlab amaldagi jahon chempionlari Venesuela terma jamoasini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi (1:0), keyin esa Puerto-rikolik raqiblar tor-mor etildi (6:0).

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Janubiy Amerika saralash guruhida birinchi o‘rinni egallab, bo‘lajak jahon chempionatiga yo‘l oldi.

Ўхшаш янгиликлар