Unga ko'ra, 2022 yildan buyon klubda bosh direktor sifatida ishlab kelgan Mauricio Skanavino o'z ish joyini tark etadi.
"Uch yil oldin bunday katta masuliyatli ishni bo'ynimga olgandim. Maqsad aniq edi: o'rnimizdan turib, iqtisodiy va sport tomonlama raqobatbardosh bo'lib, yo'lda davom etish.
Rahbariyat, klub egalarining qo'llab-quvvatlovi, ko'plab iqtidorli insonlar evaziga biz katta qiyinchiliklar, muammolarni bartaraf qildik. Bu onlarni unutmayman.
"Yuventus"ning kelajagiga katta ishonch bilan qarayman: ishonaman, klubning hali muhim sahifalari endi ochiladi", - dedi Skanavino.
Uning o'rnini yozda klubga bosh menejer sifatida ishga kelgan Damen Komolli egallaydi.