iks
ads

Superliga. "So'g'diyona" – "Surxon" 2:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 17.10.2025 21:08
  • 67
  • 30

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Surxon" uchrashuvi boshlandi.

"So'g'diyona" – "Surxon" 2:1

Gol: 2- Rubin Xebay, 11 - Lyupcho Doriev (Javohir Qahramonov), 90+3 - Sarvar Abduhamidov

Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:15

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Shahboz Azimov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Husan Xudayberdiev

Komissar: Sherzod Rajabov

"So'g'diyona": 1.Shohruh Isoqov, 3.Islom Qobilov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev (9.Samandar Mavlonqulov, 71), 33.Sardor Rahmonov, 70.Jasur Jaloliddinov (10.Shohruh Abdurahmonov,45+1), 98.Rubin Xebay ( 2.Zoir Jo'raboev, 75).

Zaxira: 27.Milan Mitrovich,4.Otabek Ahadov, 5.Behruz Jumatov,  18.Oybek Nurmatov, 42.Sardorbek Erkinov, 99.Umid Sultonov.

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Behruz Karimov (23.Kamron Yusupov77), 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 10.Rustam Turdimurodov, 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov ( 14.Sarvar Abduhamidov,77), 22.Javohir Jo'raev, 24.Sherzod Komilov (7.Doston Tursunov, 46), 27.Asilbek Jumaev, 99.Sunnatilla Poyonov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 9.Muhsin Bozorov, 15.Diyor Ramazonov, 18.Nodir Abdixoliqov, 21.Tohir Ashurbaev, , 26.Behruz Shukurullaev.

Ogohlantirish: 36 - Xondamir Mustafoqulov, 69 - Jamaldin Xodjaniyazov, 81 - Suhrob Izzatov

Chetlatish. Xondamir Mustafoqulov (ikkinchi sariq)


YANGILASH


90+3. GOOOL. Sarvar Abduhamidov hisobni biroz qisqartirdi

Hakam 2-bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi

88. Turdimurodovning zarbasi noaniq ketdi

81. Izzatov ogohlantirildi

80. Mavlonqulovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

77. Abduhamidov va Yusupov maydonga tushdi, Muhammad-Ali Abdurahmonov, Behruz Karimov maydoni tark etdi

76. Muhammadalining zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

75. Xebayning o'rniga Jo'raboev maydonga tushdi

72. Chetlatish. Xondamir Mustafoqulov ikkinchi sarig'ini oldi va maydondan chetlatildi

71. Andreevning o'rniga Mavlonqulov maydonga tushdi

69.  Jamaldin Xodjaniyazov sariq kartochka oldi

67. Zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Tursunov raqiblar darvozasiga zarba berdi. So'g'diyona posboni Isoqov o'z o'rnida

64. Islom Qobilov darvozaga kuchli zarba berdi. Biroq kuchli zarba biroz noaniq ketdi

63. Abdurahmonov ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, biroq bu safar Dilshod Jo'raevdan seyv

55. Asilbek Jumaev raqib darvozabonini aldab, zarba berdi. Ammo, oxirgi pallada etib kelgan raqib himoyachisi to'pni blokladi

53. Poyonovning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

50. Rustam Turdimurodov chap qanot orqali kuchli zarba berdi. To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi

46. Doston Tursunov Sherzod Komilovning o'rniga maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonmoqda

45+1. Jaloliddinovning o'rniga Abdurahmonov maydonga tushdi

42. Mehmonlarning hujum soni va sifati oshib bormoqda. Biroq ular o'z vaziyatlaridan foydalana olishmadi

36. Ogohlantirish. Mustafoqulov qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

26. Poyonovning zarbasini darvozabon ushlab oldi

15. Jasur Jaloliddinovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi

14. Jumaevning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

11. GOOOL. Yana bitta xato va yana gol. Bu safar Doriev o'z imkoniyatidan foydalandi.

10. Dorievning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

8. Ustunlik to'liq mezbonlarda. Jo'raev xatoga yo'l qo'ydi. To'pni mezbonlar tezda egallab oldi va hujum tashkil qildi. Dorievning uzatmasidan so'ng Andreev zarba yo'lladi, uning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

5. Mehmonlar himoyada xatolar bilan boshlashmoqda. Bu safar mezbonlar o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi

2. GOOOL. Andreevning zarbasi ustunga tegdi, qaytgan to'pni esa Xebay raqib darvozasiga joylab qo'ydi

UCHRASHUV boshlandi

Ўхшаш янгиликлар