iks
ads

"Bunday holatlar Sport arbitraj sudida normal amaliyot sifatida qabul qilinadi" - O'FA rasmiy bayonot bilan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 17.10.2025 21:24
  • 48
  • 30

Bugun saytimizda milliy terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanecning yordamchilari O'FAni sudga berishi borasida xabar chiqqandi.

Manba: Katanec yordamchilari O'FAni sudga bermoqchi

Ushbu xabarga O'FA matbuot xizmati bayonot bilan chiqdi.

"O'zbekiston futbol associaciyasi 2025 yil 17 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq murabbiylar shtabi azolari bo'yicha elon qilingan maqolada keltirilgan malumotlar yuzasidan quyidagilarni malum qiladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi yordamchi murabbiylari mehnat shartnomalarida belgilangan “bosh murabbiyning mehnat shartnomasi bekor bo'lganda yordamchi murabbiylarning ham shartnomasi bir vaqtning o'zida bekor bo'lishi” opciyasining ishga tushganligi bois, ular bilan shartnomalar bir tomonlama avtomatik tarzda bekor bo'lgan va bu haqida ularga malum qilingan.

Sobiq bosh murabbiy shartnomasining taraflarning roziligi bilan bekor bo'lishi va jamoaga yangi murabbiylar shtabining kelishi sobiq murabbiylar shtabi azolarining shartnomalarini ham bekor bo'lishiga olib keladi.

Terma jamoa sobiq bosh murabbiyi yordamchi murabbiylari mehnat shartnomalariga kiritilgan ushbu bandlar FIFA va Sport Arbitraj sudi yurisprudensiyasida normal amaliyot sifatida qabul qilinadi.

Avvalroq, O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan tegishli bandlarga asosan shartnomalari bekor bo'lgan murabbiylar shtabi azolariga boshqa yosh toifasidagi terma jamoalarda ishlash bo'yicha takliflar berilgan edi", - deb yoziladi rasmiy bayonotda.

Ўхшаш янгиликлар