iks
ads

Fevzi Davletov: "O'yinga qaytishimiz uchun gol etishmadi"

  • Mr.NoBoDy 17.10.2025 23:24
  • 245
  • 30

Superliga 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yinni juda yomon boshladik, g'alati gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik jamoa o'ziga kelib ulgurmasidan ikkinchi golni qo'yib yubordik. 15 daqiqalar vaqt mobaynida ko'p xato qildik. Keyin o'yin sokinlashdi. O'sha xatolar o'yinning borishiga tasir qildi. Bizning o'yinga qaytishimizga gol etishmadi. Umuman olganda vaziyatlar yaratdik, biroq bizda vaziyatlardan foydalanish jihati oqsamoqda. 

Ikkinchi bo'lim oldidan bir qator o'zgarishlar qildik, yaxshiroq o'ynadik va agressiv harakat qildik. Darvoza yoniga borganda bizga sovuqqonlik etishmadi, qaerdadir zarba noaniq ketdi, qaerdadir darvozabon qaytardi, qaerdadir himoyachilar zarba yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. Ushbu jihatda bizda etishmovchiliklar bor. Biz hujumdagi o'yinimizni yaxshilashimiz kerak, - dedi Fevzi Davletov.

Ўхшаш янгиликлар