iks
ads

Brunu Fernandesh: "Klubga barqarorlik kerak"

  • Mr.NoBoDy 18.10.2025 08:08
  • 157
  • 30

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh klubdan bosh murabbiyga yaxshiroq sharoitlar yaratib berilishini so'radi.

"Klubga barqarorlik kerak. Menimcha ser Jim Retkliff ham barchadan aynan shuni so'ramoqda.

Jamoadagi barcha futbolchilar aynan ushbu murabbiy orqali klub o'z darajasiga qaytishiga ishonmoqda.

Bu erga kelayotgan istalgan murabbiy inqirozdan bir o'yin uzoqda bo'ladi. Bu klubda doim shunday bo'lmoqda. Bir o'yinni yutsang jamoa chempionlikka o'ynaydigandek, yutqazsang osmoningda qora bulut uchmoqda.

Jamoadagi barcha futbolchilar klubning qanday masshtabda ekanligini biladi. Bunday ortiqacha g'ala-g'ovurlar bizga kerak emas. Biz nima qilayotganimizni bilishimiz va uzoq muddatli loyiha orqali g'alabalar qozonishimiz kerak. Bizda har bir futbolchida shunday maqsad bor. Lekin bu klubda mag'lubiyatdan keyin istalgan murabbiyni bosim ostiga solishadi. Biroq u bunga yaxshi tayyorlangan va bu chaqiruv qanchalar jiddiy ekanligini yaxshi biladi", - dedi Brunu.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar