iks
ads

"Andijon" sobiq futbolchisi: "Jamoada o'ziga bo'lgan ishonch ortib boryapti"

  • Mr.NoBoDy 18.10.2025 12:48
  • 263
  • 30

Superliganing har bir turida qiziqarli qarama-qarshiliklar ro'y bermoqda.

Kecha "Bobur Arena"da kechgan "Andijon" - "Sho'rtan" (4:3) uchrashuvida darvozalarga 7 ta gol urildi. Tabiiyki, bunday sermahsullik chempionat bezagiga aylanadi. Mazkur uchrashuv borasida "Andijon" sobiq futbolchisi Rasul Rahmonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Zo'r o'yin guvohiga aylandik. Qiziqarli va muxlislarbop o'yin kechdi. Bunday jang bo'lishini kutgandim, chunki "Sho'rtan" ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Superligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Barcha g'alaba uchun bor kuchi bilan kurashmoqda. 

"Andijon" futbolchilarida o'ziga bo'lgan ishonch ortib bormoqda. Bu harakatlarda sezilib turibdi. Doniyor Abdumannopov mavsum boshidan buyon o'ziga ishonch bilan to'p tepmoqda. Usmonali Ismonalievning ochilib borayotgani xursand qilmoqda",- deydi Rasul Rahmonov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar