iks
ads

Rustam Abduhamidov: "G'alaba Kannavaroga bog'liq bo'lsa, 23 oktyabr kuni ham uni o'yinga taklif qilaman"

  • Mr.NoBoDy 18.10.2025 13:08
  • 170
  • 30

Superligada jon saqlash uchun kurashayotgan jamoalar uchun har bir o'yin hayot-mamot jangi sifatida o'tmoqda.

Hakim Fuzaylov boshchiligidagi "Xorazm" jamoasi kecha chempionatning 25-turida mehmonda "Mashal"ni yirik hisobda engdi (3:0). O'yindan so'ng "Xorazm" yarim himoyachisi Rustam Abduhamidov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Bu o'yinda qanday bo'lmasin g'alaba juda zarur edi. Hisob 1:0 yoki 3:0 farqi yo'q. 8 o'yindan iborat g'alabasiz seriya bizga katta bosim yuklayotgandi. Muhimi gollarni o'z vaqtida urib oldik. Xudoga shukurki, yakunda yirik hisobda g'alaba qozondik.

Mazkur g'alaba jamoamizga ishonchni qaytardi. Oldinda bundanda qiyin o'yinlar kutmoqda. Ushbu bahsni esdan chiqargan holda tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. Biz uchun har bir o'yin final bo'ladi.

To'g'ri, bunday g'alabalar har doim bo'lavermaydi. Balki Kannavaro motivaciya bo'lgandir. Lekin shu kuni hamma narsa o'xshadi. Agar g'alaba Kannavaroning kelishiga bog'liq bo'lsa, Fabioni 23 oktyabr kungi o'yinimizga taklif qilaman. "Xorazm"ga g'alaba zarur",- deydi Rustam Abduhamidov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar