iks
ads

Roberto Manchini “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 18.10.2025 14:40
  • 115
  • 30

"Manchester Yunayted"da murabbiy o'zgaradimi?

Britaniyaning "The Sun" nashri yozishicha, "Manchester Siti"ning sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini o'z atrofidagilarga Ruben Amorim ishdan bo'shatilgan taqdirda "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyorligini malum qilgan.

Manbaning xabar berishicha, italiyalik mutaxassis va "qizil iblislar"ning hammulkdori Jim Retkliff Franciyaning janubida istiqomat qilishadi. Ular bir necha marta turli ijtimoiy tadbirlarda uchrashishgan.

Manchini 2009–2013 yillarda "Manchester Siti" jamoasini boshqargan. Uning rahbarligi ostida "shaharliklar" 2012 yili Angliya Premer-ligasi chempioni bo'lishgan. 60 yoshli murabbiyning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo'lib, u bu lavozimni 2024 yil oktyabrida tark etgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar