iks
ads

Flik "Real Madrid"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

  • Mr.NoBoDy 18.10.2025 22:24
  • 446
  • 30

Qizil kartochka olgan murabbiy "El Klasiko"da ishtirok etmaydi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 9-tur o'yinida "Jirona"ga qarshi (2:1) uchrashuvda maydondan chetlatildi. Shu sababli, ko'k-anorranglilar bosh murabbiyi keyingi turda "Real Madrid"ga qarshi o'yinda maydon chetidan jamoani boshqara olmaydi.

"Barselona" "Jirona" ustidan g'alaba qozonganidan so'ng 22 ochko to'plab, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikka chiqdi. "Real"ning 21 ochkosi bor, biroq "Xetafe"ga qarshi o'yin (19 oktyabr) hali oldinda.

"El Klasiko"dan oldin har ikki jamoa Chempionlar ligasidagi uy o'yinlarini o'tkazadi: "Barselona" 21 oktyabr kuni Greciyaning "Olimpiakos" jamoasini qabul qiladi, "Real" esa ertasi kuni Italiyaning "Yuventus" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar