iks
ads

Mutaxassis fikri: Katanec yordamchilari bilan bog'liq vaziyat haqida to'liq izoh

  • Mr.NoBoDy 19.10.2025 19:24
  • 782
  • 30

So'nggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida milliy jamoa atrofidagi bazi malumotlar keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng, undan oldingi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan bolqonlik murabbiylar go'yoki O'zbekiston futbol associaciyasidan 350 ming evro talab qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi.

Bu vaziyatni jamoatchilikka to'liq va aniq tarzda tushuntirib berishini so'rab, biz doimiy hamkorimiz, futbol menejmenti va shartnoma huquqi bo'yicha mutaxassis Ulug'bek Mirzaevga yuzlandik:


- Avvalo, aytish lozimki, 2021 yil 27 avgust kuni bosh murabbiy etib Srechko Katanec tayinlanganida, uning yordamchilari — Alesh Chex, Vlado Radmanovich, Martin Magister, Nixad Peykovich va fizioterapevt Yan Katanec bilan tuzilgan shartnomalarga aniq moddalar kiritilgan. Ushbu moddalarga ko'ra, agar bosh murabbiy bilan mehnat munosabatlari har qanday sabab bilan tugatilsa, avtomatik ravishda uning yordamchilari bilan ham shartnoma bekor qilinishi belgilangan.

Srechko Katanec jamoani 3,5 yil davomida boshqardi va 2025 yil 22 yanvarda lavozimini tark etdi. Oradan uch kun o'tib, 25 yanvarda Timur Kapadze bosh murabbiy etib tayinlandi. U avvalgi shtab azolarini vaqtinchalik tarkibda qoldirdi va ular bilan qo'shimcha kelishuvlar imzolandi. Ushbu kelishuvlarda ham aniq yozilgan edi: agar Timur Kapadze bosh murabbiy sifatida ishini tugatsa, yordamchilar bilan ham mehnat shartnomalari avtomatik tarzda bekor bo'ladi.

2025 yil oktyabrida esa bosh murabbiy lavozimiga Fabio Kannavaro tayinlandi. U o'zining italiyalik yordamchilari — Eudjenio Albarella (assistent), Franchesko Troize (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy) va Antonio Kimentini (darvozabonlar murabbiyi) jalb qildi.

Shu bilan birga, Kapadze bilan birga ishlagan bolqonlik yordamchilarning shartnomalaridagi moddalar avtomatik ravishda kuchga kirdi va ularning mehnat munosabatlari tugatildi. Bu – huquqiy jihatdan to'g'ri, FIFA talablariga mos ravishda amalga oshirilgan jarayon.

Shuni alohida takidlash lozimki, O'zbekiston futbol associaciyasi shartnomalarni tuzish jarayonida ko'p yillik tajribaga ega professional yuristlar bilan maslahatlashgan va barcha hujjatlar xalqaro meyorlarga to'liq mos holda rasmiylashtirilgan. Shu bois bolqonlik murabbiylar tomonidan FIFA orqali ishni yutib olish ehtimoli yo'q — chunki huquqiy jihatdan ularning davolari asossizdir.

Xulosa qilib aytganda, bu holatda associaciya to'liq haq tomonda, va bu jarayonda hech qanday muammo yoki qonunbuzarlik holati yo'q. Faqat malumotlarni noto'g'ri talqin qilgan ayrim manbalar, shoshilib, buni boshqacha tusda yoritib yuborishdi.

Eng muhimi, muxlislar shuni bilib olishlari kerakki — milliy jamoa bilan bog'liq barcha qarorlar FIFA qoidalariga asoslangan holda, huquqiy jihatdan to'g'ri va oshkora amalga oshirilgan. Shu sababli, bu masala bo'yicha hech qanday tashvishga asos yo'q. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar