"Tezkor gol urib oldik. Bu bizga yordam berdi, sababi raqib ham ochilishga majbur bo'ldi. Qizil kartochkadan so'ng o'yinimiz yana o'zgardi. Yigitlarga rahmat", - dedi Kamoliddin Tojiev g'alabadan so'ng.
- Keyingi uchrashuv "Xorazm"ga qarshi safarda. Finaldan oldin suniy maydonda asosiy tarkib futbolchilarini o'ynatasizmi?
- O'zimizning rejalarimiz bor. Ularni ochiqlay olmayman. Reja bo'yicha ish tutamiz.
- Kubok finali oldidan sizni xavotirga solayotgan poziciya bormi?
- Yo'q. Bizda 11ta emas, 20ta futbolchi bor. Barcha futbolchilarimizni bir xil ko'ramiz. Har bir poziciyaga ikkitadan futbolchi bor.
- "Neftchi" - OKMK o'yinida mezbonlar ochko yo'qotishini istaysizmi?
- Bizdan oldindagi jamoalar ochko yo'qotishidan xursand bo'laman.