Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogida 2-tur oʻyinini Xitoy yoshlariga qarshi oʻtkazdi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonning gollariga Sadriddin Hasanov (45+1ʼ) va Asilbek Aliyevlar (86ʼ) mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 2-turdan keyin “A” guruhida 6 ochko jamgʻargan holda muddatidan avval pley-off masalasini deyarli hal qildi. Ushbu gʻalaba evaziga Oʻzbekiston Qatarda boʻlib oʻtadigan U-17 Jahon chempionatiga chiqish bo’yicha vaziyatini juda yaxshilab oldi.
Eslatib oʻtamiz, U-17 Jahon chempionati 3-27-noyabr kuni Qatarda boʻlib oʻtadi.