Rasman: O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi – Jahon chempionatida

  • Mr.NoBoDy 07.04.2025 00:16
  • 141
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi U-17 Osiyo kubogida muddatidan oldin chorak final masalasini hal etgan holda Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.

"Oq bo'rilar" Osiyo kubogining 1-turida Tailandni 4:1 hisobida, 2-turda Xitoyni 2:1 hisobida taslim etdi. Terma jamoamizning bugunoq mundialga yo'llanma olishi uchun Saudiya Arabistoni Tailandga mag'lub bo'lmasligi kerak edi, biroz oldinroq yakuniga etgan o'yinda arablar janubi-sharqiy osiyoliklar ustidan g'alabaga erishdi va shu tariqa O'zbekiston U-17 JCHga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


Ўхшаш янгиликлар