Keza "Liverpul"ni A Seriyaning top klubiga almashtirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 07.04.2025 00:48
  • 138
  • 30

"Liverpul"ning italiyalik vingeri Federiko Keza yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Qayd etilishicha, futbolchi bilan "Roma" vakillari bog'langan. Rimliklar kelasi mavsumda Kezani ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Federiko Keza o'tgan yozda "Liverpul" bilan mehnat shartnomasi imzolagan edi. Transfermarkt malumotiga ko'ra, "qizillar" futbolchining huquqlarini "Yuventus"dan 12 mln evroga sotib olgan.

Italiyalik futbolchi ingliz grandi safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Liverpul" hozirda APLda birinchi o'rinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар