iks
ads

Superliga. OKMK – "Nasaf" 1:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 26.10.2025 17:48
  • 345
  • 30

Superliga 26-turidan o'rin olgan markaziy bahs davom etmoqda.

Superliga

26-tur

OKMK – "Nasaf" 1:0 (LIVE) 

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 16:30

Gol: Nodir Abdurazzoqov (Saidafzalxon Axrorov) 54'

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Islom Azimov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Amir Galeev

Komissar: Mamur Sultonov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Aziz Xolmurodov, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 77.Nodir Abdurazzoqov.

Zaxira: 88.Hamidullo Abdunabiev, 13.Eldor Begimov, 16.Naoki Senaga, 18.Ibrohim Yo'ldoshev, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 27.Ali Abdurahmonov, 28.Arixiro Sentoku, 30.Abror Sarimsoqov, 99.Asad Sobirjonov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev, 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 5.G'olib G'aybullaev, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloev, 19.Stefan Cholovich, 20.Yusuf Otubanjo, 22.Igor Golban, 28.Shuhrat Muhammadiev, 55.Diyor Abdunazarov.

Ogohlantirishlar: Oybek Bozorov (37), Ruben Sanches (44), Nodir Abdurazzoqov (55). 

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




58. Uuux! Nasrullaevning zarbasidan so'ng darvozaga kirib ketayotgan to'pni Axrorov qaytarishga erishdi! Dahshat! 

57. Uuuux! O'lmasalievning xatosidan keyin Norchaev chap oyoqda zarba yo'lladi, Ilyosovdan seyv! 

55. Abdurazzoqov golni libosini echgan holda nishonlagani uchun ogohlantirildi. 

54. GOL! Axrorovning uzatmasidan so'ng Abdurazzoqov hisobni ochdi – 1:0!

53. Zarbaa! Rustamovning zarbasi yana himoyachilarga tegib qaytdi. 

49. Zarbaaa! G'iyosovning aylanma zarbasidan keyin Nematov to'pga ega chiqdi. 

48. Abdurazzoqovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p qarshiliklar tomonidan uzoqlashtirildi. 

46. Ikkinchi taymga start berildi. Uni "Nasaf" boshlab berdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Ruben Sanches Bahromovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi. 

42. Zarbaaa! Adenis Shala yaqin masofadan zarba yo'lladi, ammo Ilyosov o'z o'rnida! 

41. Oybek Rustamov maydon markazida Dragan Cheranni yiqitdi. 

39. Zarba! Abdiraxmatovning uzatmasidan so'ng Nochraev bosh bilan zarba berdi, to'p Ilyosovda. 

37. Katta tezlikda oldinga o'tayotgan Ahmadalievni ortdan turib yiqitgan Oybek Bozorov ogohlantirildi. 

34. Xolmurodov fint bilan chiroyli o'ynashga urindi, ammo pas ancha noaniq edi va unga G'iyosov ulgurmasdi. 

31. Bozorovning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi ichida Shala va Ahmadaliev biroz to'qnashdi, qarshiliklar vakiliga to'pga ulgurmadi. 

28. Markaziy uchrashuv maqomiga yarasha davom etmoqda — jangovar bahs. 

24. Rustamov Norchaevga nisbatan juda qo'pol harakat qildi, jarima zarbasi belgilandi. 

22. Uuux! Xolmurodov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib zarba yo'lladi, bu to'p darvoza yonidan o'tib ketdi, Sanches ulgurmay qoldi. 

20. Uuux! Sanchesning qulay pasidan so'ng Rustamov darvozani poylashga harakat qildi, biroq to'p himoyachiga tegib qaytdi. 

17.  Uuux! Havolatib amalga oshirilgan uzatmadan so'ng to'p O'lmasalievga qadar etib keldi, himoyachining zarbasini Nematov bartaraf qildi. 

15. Zarbaaa! Oybek Bozorov o'ng qanotda kuchli zarba berdi, sal aniqlik etishmadi.

14. Islom To'xtaxo'jaev o'yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi. 

12. Zarbaaa! Norchaevning chamasi 20 metrdan bergan zarbasini Ilyosov bartaraf etdi! Yaxshi zarba — chiroyli seyv! 

11. Shala va uning sheriklari o'zaro paslashgan holda jarima maydonchasi ichiga yorib kirishga urindi, ammo hozircha hujum muvaffaqiyatsiz yakun topdi. 

8. Ahmadalievning qanotdan oshirib bergan to'pini Abdiraxmatov darvoza yaqinidan uzoqlashtirdi. 

6. Zarba! G'iyosovning pasidan so'ng Sanches zarba yo'lladi. Yaxshi vaziyat edi, biroq bu darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi. 

3. Zarba! Himoyachilar qaytargan to'p Sharof Muhitdinovga kelib tushdi. Tajribali yarim himoyachining zarbasi o'ta noaniq chiqdi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- O'yin 16:30 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар