
Superliga
26-tur
OKMK – "Nasaf" 1:1
Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 16:30
Gol: Nodir Abdurazzoqov (Saidafzalxon Axrorov) 54' – Dragan Cheran (Oybek Bozorov) 80'
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Islom Azimov
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
Nazoratchi: Jahongir Saidov
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Amir Galeev
Komissar: Mamur Sultonov
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov, 87), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Aziz Xolmurodov (27.Ali Abdurahmonov, 76), 10.Xurshid G'iyosov (99.Asad Sobirjonov, 83), 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov (19.Ahmadullo Muqumjonov, 76), 77.Nodir Abdurazzoqov (16.Naoki Senaga, 83).
Zaxira: 88.Hamidullo Abdunabiev, 13.Eldor Begimov, 18.Ibrohim Yo'ldoshev, 28.Arixiro Sentoku.
"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 7.Adenis Shala (22.Igor Golban, 68), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev (19.Stefan Cholovich, 73), 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev (9.Javohir Sidiqov, 73), 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 5.G'olib G'aybullaev, 17.Suhrob Nurulloev, 20.Yusuf Otubanjo, 28.Shuhrat Muhammadiev, 55.Diyor Abdunazarov.
Ogohlantirishlar: Oybek Bozorov (37), Ruben Sanches (44), Nodir Abdurazzoqov (55), Abduvohid Nematov (73).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+4. Uuux! Muqumjonovning burchak zarbasidan tepgan to'pi darvozaga kirib ketishiga bir baxya qoldi, to'p ustunga tegdi.
90+3. Uuux! Dragan Cheran ichkariga kirib bordi, biroq sheriklariga bergan pasi o'xshamadi.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Uuux! Cheranning uzoqdan yo'llagan zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
87. OKMKda o'zgarish: Papava o'rniga Sarimsoqov tushirildi.
86. "Nasaf" hujumlarni kuchaytirgan holda g'alaba sari intilmoqda.
83. OKMKda 2 ta o'zgarish: Abdurazzoqov o'rniga Senaga, G'iyosov o'rniga Sobirjonov bahsni davom ettiradi.
82. Gol urgan futbolchida ofsayd yo'q. Undan oldingi pas VAR'da tekshirildi. Davom etamiz.
80. GOL! Bozorovning uzatmasidan so'ng Cheran bosh bilan to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi — 1:1!
76. OKMKda 2 ta almashtirish: Axrorov o'rniga Muqumjonov, Xolmurodov o'rniga Abdurahmonov o'yinga qo'shildi.
73. Nematov to'pni sherigiga oshirish chog'ida xato qildi va to'pni jarima maydonchasi tashqarisidan qo'l bilan urib yubordi, hakam darvozabonga sariq kartochka berdi. OKMK jarima zarbasiga ega bo'ldi.
72. "Nasaf"da 2 ta almashtirish: Nasrullaev o'rniga Sidiqov, Norchaev o'rniga Cholovich maydonga tushdi.
68. "Nasaf"da o'zgarish: Shala o'rniga Golban tushirildi.
65. Xurshid G'iyosov birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, biroq so'nggi pallada Umar Eshmurodov to'pni egallab olishga erishdi.
60. Abdurazzoqov Cheran bilan tortishib qoldi. Hakam futbolchilarni tinchlantirdi.
58. Uuux! Nasrullaevning zarbasidan so'ng darvozaga kirib ketayotgan to'pni Axrorov qaytarishga erishdi! Dahshat!
57. Uuuux! O'lmasalievning xatosidan keyin Norchaev chap oyoqda zarba yo'lladi, Ilyosovdan seyv!
55. Abdurazzoqov golni libosini echgan holda nishonlagani uchun ogohlantirildi.
54. GOL! Axrorovning uzatmasidan so'ng Abdurazzoqov hisobni ochdi – 1:0!

53. Zarbaa! Rustamovning zarbasi yana himoyachilarga tegib qaytdi.
49. Zarbaaa! G'iyosovning aylanma zarbasidan keyin Nematov to'pga ega chiqdi.
48. Abdurazzoqovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p qarshiliklar tomonidan uzoqlashtirildi.
46. Ikkinchi taymga start berildi. Uni "Nasaf" boshlab berdi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi.
44. Ruben Sanches Bahromovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi.
42. Zarbaaa! Adenis Shala yaqin masofadan zarba yo'lladi, ammo Ilyosov o'z o'rnida!
41. Oybek Rustamov maydon markazida Dragan Cheranni yiqitdi.
39. Zarba! Abdiraxmatovning uzatmasidan so'ng Nochraev bosh bilan zarba berdi, to'p Ilyosovda.

37. Katta tezlikda oldinga o'tayotgan Ahmadalievni ortdan turib yiqitgan Oybek Bozorov ogohlantirildi.
34. Xolmurodov fint bilan chiroyli o'ynashga urindi, ammo pas ancha noaniq edi va unga G'iyosov ulgurmasdi.
31. Bozorovning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi ichida Shala va Ahmadaliev biroz to'qnashdi, qarshiliklar vakiliga to'pga ulgurmadi.
28. Markaziy uchrashuv maqomiga yarasha davom etmoqda — jangovar bahs.
24. Rustamov Norchaevga nisbatan juda qo'pol harakat qildi, jarima zarbasi belgilandi.
22. Uuux! Xolmurodov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib zarba yo'lladi, bu to'p darvoza yonidan o'tib ketdi, Sanches ulgurmay qoldi.
20. Uuux! Sanchesning qulay pasidan so'ng Rustamov darvozani poylashga harakat qildi, biroq to'p himoyachiga tegib qaytdi.
17. Uuux! Havolatib amalga oshirilgan uzatmadan so'ng to'p O'lmasalievga qadar etib keldi, himoyachining zarbasini Nematov bartaraf qildi.
15. Zarbaaa! Oybek Bozorov o'ng qanotda kuchli zarba berdi, sal aniqlik etishmadi.
14. Islom To'xtaxo'jaev o'yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi.
12. Zarbaaa! Norchaevning chamasi 20 metrdan bergan zarbasini Ilyosov bartaraf etdi! Yaxshi zarba — chiroyli seyv!
11. Shala va uning sheriklari o'zaro paslashgan holda jarima maydonchasi ichiga yorib kirishga urindi, ammo hozircha hujum muvaffaqiyatsiz yakun topdi.
8. Ahmadalievning qanotdan oshirib bergan to'pini Abdiraxmatov darvoza yaqinidan uzoqlashtirdi.
6. Zarba! G'iyosovning pasidan so'ng Sanches zarba yo'lladi. Yaxshi vaziyat edi, biroq bu darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi.
3. Zarba! Himoyachilar qaytargan to'p Sharof Muhitdinovga kelib tushdi. Tajribali yarim himoyachining zarbasi o'ta noaniq chiqdi.
1. Uchrashuv boshlandi!

- O'yin 16:30 da boshlanadi.