
"Uchrashuv qiziqarli o'tdi deb o'ylayman. Afsuski, birinchi bo'limda gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda yigitlar o'zlariga kelib olishdi. Bir qator vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik", – dedi Quttiboev.
- Ikkinchi taymda qiziq holat yuzaga keldi. Jo'raboev va Sheripov maydonga tushayotganida birdan qaroringiz o'zgardi va Sindarov o'yinga qo'shildi...
- Yo'q. O'zi Sindarov maydonga tushishi aniq edi. Markaziy himoyachimizda sariq kartochka bor edi, shundan qo'rqib turgandim, shu bois Jo'raboevni tushirmoqchi edim. Shu paytda Doniyor Ismailov uni o'zgartirishimiz kerakligini so'radi va boshqa yarim himoyachini tushirishimizga to'g'ri keldi.
- Pro ligada mavsum yakunlanyapti. Oldinda ikkita tur qoldi. Jamoa Superliga yo'llanmasi uchun oxirigacha kurashadimi?
- Xudo xohlasa, oxirigacha kurash olib boramiz. O'ylaymanki, imkoniyatimiz yaxshi.