
"Qiziqarli o'yin bo'ldi. Raqibimiz begona emas. "Olimpik"ni juda yaxshi bilamiz. O'zimizga o'xshagan yoshlardan iborat shijoatli jamoa. "Olimpik"ning ham o'ziga xos uslubi bor. Yaxshi o'yin ko'rsatadi, tajribali murabbiylar ishlayapti. Har ikki jamoa oxirigacha kurashdi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz", – dedi Nishonov.
- Mavsum davomida ko'zlangan maqsadga erishilyaptimi?
- Maqsadimiz - Superligaga chiqish. Buni ko'p bor takrorladik. Hali kurash davom etyapti. Keyingi tur "Lokomotiv"ga qarshi hal qiluvchi o'yinlardan biri bo'ladi. Bu uchrashuvga ham yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Nasib qilsa, Superligaga chiqamiz.