
“Barselona” sobiq himoyachisi Dani Alves Ispaniyadagi cherkovlardan birida voizlik qilmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 42 yoshli braziliyalik endilikda Jironadagi “Elim” cherkovida tez-tez so‘zga chiqadi. Bu yerda Jimmi Martin ruhoniylik qiladi.
Alves navbatdagi marosimlardan birida shunday dedi:
“Xudo borligiga ishonish kerak. Men bunga tirik dalilman. U bilan ahd tuzganman. Atrofda bo‘ron yoki sinov bo‘lsa ham, har doim Xudoning elchisi bo‘ladi. Hayotimdagi eng og‘ir pallada o‘sha elchi meni imon yo‘liga boshladi va cherkovga olib keldi. Hozir esa shu yo‘lda davom etyapman.”
Eslatib o‘tamiz, Dani Alves 2024-yilning fevral oyida jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, uni 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Unga ko‘ra, futbolchi 2022 yil dekabr oyida Barselonadagi “Satton” tungi klubida jabrlanuvchi qizga tajavuzkor harakatlarni amalga oshirgan. Ammo 2025 yil mart oyida Kataloniya sudi tomonidan zo‘rlash ishida aybsiz deb topilgan va shartli ravishda ozodlikka chiqarilgandi.
Ma’lumot uchun, Dani Alves faoliyati davomida “Barselona”, “PSJ”, “Sevilya” va “Yuventus” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Uning oxirgi jamoasi Meksikaning “Pumas” jamoasi hisoblandi.