iks
ads

"Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvi Toshkentda o'tkaziladi

  • Mr.NoBoDy 29.10.2025 16:32
  • 304
  • 30

"Dinamo" hamda "Xorazm" o'rtasidagi Superliga bahsi Toshkentda o'tkaziladi.

Samarqand shahrida joriy yilning 27-oktyabridan 14-noyabr sanasiga qadar o'tkaziladigan nufuzli xalqaro tadbir tufayli Dinamo klubi Ligaga rasmiy xat yo'llab, Xorazm klubiga qarshi Superliga 27-turidan o'rin olgan o'yinni 30-oktyabr sanasida Toshkentdagi Jar stadionida qabul qilishni so'radi. 


Liga har ikki jamoaning uchrashuvni neytral maydonda o'tkazish masalasida o'zaro kelishuvga erishganidan kelib chiqib, ushbu o'yinning belgilangan muddatdan ertaroq Jar stadionida o'tkazilishiga rozilik berdi.

Ўхшаш янгиликлар