
- "Buxoro" alamli tarzda mag'lub bo'ldi. O'yin haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz...
- Barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Andijondagi muxlislar ham bizni qo'llab-quvvatlashini kutmagandim. Deyarli butun stadion bizga muxlislik"
- O'yinda urilgan gollar haqida fikr bildirib o'tsangiz...
- Biz urgan gol haqida gapirsam muammolarga duch kelaman. Rikoshetda gol o'tkazib yubordik. Juda-juda alamli holat, ochig'i. O'zi zarba ancha noaniq chiqqan edi. Finalda shunday vaziyatlar o'yin taqdirini hal qilib ketar ekan.
- Uchrashuv so'ngidagi janjal haqida fikr bildirib o'tsangiz...
- Ular bizni provokaciya qildi. Vaqtni cho'zish uchun. Janjal ro'y berganda men ajratayotgan edim, keyin esa Hamraliev bilan hissiyot ustida bahslashib qoldik. Hamraliev bilan aloqalarimiz yaxshi, ammo o'yin vaqtida hissiyotga berilgan edim. Ustiga-ustak biz urgan gol yaqinda bekor qilingan edi. Ular provokaciya qilishdi.
