iks
ads

Otabek Jo'raev: "Kubok finaliga chet ellik hakamlarni taklif qilish kerak edi. Masalan, Italiyadan. Don Fabio yordam bergan bo'lardi deb o'ylayman"

  • Mr.NoBoDy 30.10.2025 12:32
  • 530
  • 30

"Paxtakor" hamda "Buxoro" o'rtasida kechgan (1:0) O'zbekiston Kubogi finalini sharhlab borgan Otabek Jo'raev uchrashuv haqida fikrlarini bildirdi.

Xo'p. O'zbekiston Kubogi 2025 finali haqida, express fikr:

1. "Paxtakor" uchrashuvdan oldin yaqqol favoritdek ko'rindi. Ammo o'yin shuni yana ko'rsatdiki finalda favorit bo'lmaydi. Toshkentliklar bir yarim soat davomida rosa qiynalib bironta xavfli vaziyatni yaratishmadi. Gol esa rikoshet evaziga sodir bo'ldi.

2. "Buxoro" mavsumdagi o'zining eng zo'r o'yini namoyish etdi. Tag'in kimga qarshi — deyarli O'zbekiston termasiga. Murabbiylar shtabi dyadya Sasha boshchiligida ajoyib tayyorgarlik ko'rdi. Futbol ham taktik-paktik ham yurak bilan o'ynaldi. O'yinchilarning ko'z yoshi — alohidagi hikoya.

3. Hakamlik, afsus, asosiy planga chiqdi. Arbitrlarga ko'p savollar bor. Tan olaman men hech kim emasman, ammo fikrimni aytaman — 1. penalti bergan bo'lardim; 2. qizil kartochka ko'rsatardim; 3. golni bekor qilardim. Ammo QK ko'rsatmaganimda, boshim ketsa ham, golni inobatga olardim.

4. PFL yana bir qadam oldinga tashladi. O'yinni tashkil etish, arenani tanlash, translyaciya, ijtimoiy tarmoqlardagi faollik va hokazo — barchasi yangi darajada. Faqat chet ellik hakamlarni taklif qilish kerak edi. Masalan, Italiyadan. Don Fabio yordam bergan bo'lardi deb o'ylayman.

5. Xullas. "Paxtakor"ga tabrik: hakamlik masalasi g'alaba qozongan jamoaning muamosi emas. "Buxoro"ga respectishe: Xomyakovliklar O'zbekiston termasining ikkinchi tarkibiga qarshi teng o'ynaydi. Finalda yorqin o'yin bo'lgan bo'lmasa-da, to'qnashuv jangovor tarzda bolib o'tdi.


Ўхшаш янгиликлар