
Bu gal taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidovning fikrlarini etiboringizga havola etamiz.
"Qizil bermaslik uchun hakamlarda hech qanaqa talqin yo'q edi, buni-ku bilardik. Lekin kubok yo'lida kamida "Paxtakor"dan og'ir yo'lni sharaf bilan bosib o'tgan "Buxoro"ni nima bilan ovutisharkan, hayronmiz.
Yomon tomoni, xato inson faktori bo'lishi mumkin, lekin aksar odam butkul boshqacha talqin qiladi. Alam qiladigani g'olib jamoaga. Ko'ngildagidek nishonlay olmaydi ham. Eh…", – dedi Xayrulla Hamidov.

Avvalroq bahsni sharhlab borgan Otabek Jo'raev bahs xususida fikrlarini bildirgan edi.