iks
ads

PSJ futbolchisi og'ir jarohat oldi

  • Mr.NoBoDy 30.10.2025 13:24
  • 254
  • 30

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike franciyalik vinger Dezire Duening "Loryan"ga qarshi o'yinda (1:1) olgan jarohati haqida gapirdi.

Enrike klub matbuot xizmatiga Duening juda noodatiy jarohat olganini, bu esa yosh futbolchining ahvolini oldindan aytib berishni qiyinlashtirganini aytdi.

"Umid qilamanki, Duening jarohati jiddiy emas. Biz kutishimiz va tekshiruv natijalari qanday bo'lishini ko'rishimiz kerak", – deb qo'shimcha qildi ispaniyalik mutaxassis.

Shifokorlarning tashxisi hozircha nomalum, ammo bir qator nashrlar futbolchi o'ng sonidan jiddiy jarohat olgani haqida yozmoqda.

Eslatib o'tamiz, Due "Loryan" bilan o'yinning ikkinchi bo'limi o'rtalarida jarohat oldi. O'yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Dezire Due ushbu mavsum 8 o'yinda 3 ta to'p kiritdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар