iks
ads

"Leon" "Real"ning sobiq yarimhimoyachisidan voz kechdi

  • Mr.NoBoDy 30.10.2025 13:33
  • 433
  • 30

Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges joriy mavsum yakunlangach, Meksikaning "Leon" klubini tark etadi. Klub kolumbiyalik yulduzga yangi mehnat shartnomasini taklif qilmaslikka qaror qildi, deya xabar bermoqda ESPN.

Ta’kidlash kerakki, 34 yoshli futbolchining "Leon" bilan amaldagi shartnomasi dekabr oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Xames Meksika chempionatida qolishi mumkin, chunki bir nechta klublar uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi Meksika chempionatida 12 ta "jang"da ishtirok etgan. Xavbek o‘z hisobiga 3ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар