
"Men "El Klasiko"da almashtirilganimdagi munosabatim uchun barcha "Real" muxlislaridan uzr so'ramoqchiman.
Mashg'ulotda shaxsan aytganimdek, jamoadoshlarimdan, klubdan va prezidentdan yana bir bor kechirim so'rayman.
Bazan ishtiyoq g'alaba qozonadi. Men har doim g'alaba qozonishni va jamoamga yordam berishni xohlayman. Raqobatbardosh tabiatim bu klubga va u ifodalaydigan barcha narsalarga bo'lgan muhabbatimdan kelib chiqadi.
BU erdagi birinchi kunimdanoq "Real" manfaati uchun har soniyada kurashishda davom etishga vada beraman", – dedi Vini.