iks
ads

Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning hayotidagi "eng ochiq" intervyuni elon qildi. Suhbat keyingi hafta premera qilinadi

  • Mr.NoBoDy 30.10.2025 22:40
  • 196
  • 30

Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu bilan yana suhbatlashdi.

Britaniyalik jurnalist va teleboshlovchi ijtimoiy tarmoqlarda "Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi bilan yangi suhbatni elon qildi hamda studiyadagi futbolchi bilan birgalikda tushgan suratini joylashtirdi

"Kelasi hafta... Krishtianu Ronaldu cenzurasiz. Uning hayotidagi eng shaxsiy va ochiq-oydin suhbat," deya yozdi Morgan.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Ronaldu Morganga shov-shuvli suhbat bergan va unda "Manchester Yunayted"ni tanqid qilib, klub 2009 yildan beri rivojlanmayotganini, rahbariyat va murabbiy Erik ten Xag uni hurmat qilmasligini aytgandi. Bu klub bilan shartnomaning bekor qilinishiga va Krishtianuning "Al Nassr"ga o'tishiga olib kelgandi.

Ўхшаш янгиликлар