
Lionel Messi 2026-yilgi JCHga tayyorgarlik ko'rish uchun Saudiya Arabistoni klubiga o'tishni istagan.
Bu haqda Ar Riyoddagi Mahd istedodlarni rivojlantirish akademiyasining bosh menejeri Abdulla Hammad Saudiya Arabistonining Thmanya nashri podkastida malum qildi. Yaqinda 38 yoshli argentinalik hujumchi "Inter Mayami" bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirgan edi.
"Messining jamoasi o'tgan yozda klublar o'rtasidagi jahon chempionati paytida men bilan bog'landi. U 2026-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Amerika ligasidagi to'rt oylik tanaffus davrida Saudiya Arabistonida o'ynashni xohladi.
"Los-Anjeles Geleksi"da o'ynab, keyinchalik "Milan"ga o'tgan Devid Bekxem bilan ham xuddi shunday holat yuz bergan edi. Men taklifni vazirga etkazdim, biroq u Messining atigi to'rt oyga kelishiga ruxsat bermadi va shu bilan masala yopildi.
.U Saudiya Arabistoni chempionati mashg'ulot maydoniga aylanmasligini takidladi," - dedi Hammad.
 
							 
							