
20 yoshli futbolchi o'yinni asosiy tarkibda boshlab, Kilian Mbappega golli uzatma berdi. Biroq ikkinchi bo'lim oldidan almashtirildi. Jurnalist Gilermo Rai xabariga ko'ra, turkiyalik yarim himoyachi to'pig'idan engil jarohat olgan.
Tanaffusda “qirollik klubi” 3:0 hisobida oldinda borayotgan bir paytda, Xabi Alonso asosiy futbolchini almashtirib, uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qildi.