
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi va jamoasining navbatdagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Uchrashuv yakunidan so'ng Ronaldu bahs haqida qisqacha fikr bildirdi.
"Gol urish har doim yoqimli, lekin eng muhimi - jamoaning g'alabasi. Shaxsiy sovrinlar unchalik muhim emas - men "Al-Nassr" bilan chempionlikni qo'lga kiritishni xohlayman. Men 22 yildan beri o'ynayapman, futbol - bu mening butun hayotim, hozir esa juda xursandman", - dedi Ronaldu.