iks
ads

Superliga. "So'g'diyona" – "Qizilqum" 2:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 02.11.2025 15:40
  • 126
  • 30

Superliga 27-turi doirasidagi "So'g'diyona" – "Qizilqum" o'yini davom etmoqda.

Superliga 

27-tur

"So'g'diyona" – "Qizilqum" 2:0 (LIVE)

Zomin. "Zomin" stadioni. 15:00

Gol: Lyupcho Doriev penalti 14', Rubin Xebay (Lyupcho Doriev) 34'

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Farrux Yansupov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Rishat Nugmanov

Komissar: Vladimir Nazarov

"So'g'diyona": 1.Shohruh Isaqov, 2.Zoir Jo'raboev, 8.Suhrob Izzatov, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 10.Shohruh Abdurahmonov, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 33.Sardor Rahmonov, 98.Rubin Xebay.

Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 5.Behruz Jumatov, 9.Samandar Mavlonqulov, 18.Oybek Nurmatov, 24.Shahriyor Toshmurodov, 28.Stanislav Andreev, 34.Dilshod Misraliev, 70.Jasur Jaloliddinov, 99.Umid Sultonov.

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 8.Shahzod Rahmatullaev,  9.Islom Kenjaboev, 11.Jambuli Jigauri, 16.Asror G'afurov, 22.Shahzod Turopov, 23.Samandar Shukurullaev, 70.Shohruz Norxonov, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 88.Dushan Miyich

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 7.Davron Anvarov, 17.Akmal Muzaffarov, 18.Farhod Bekmuratov, 19.Ilhomjon Kenjaev,  20.Bobomurod Bozorov, 33.Sulton Rahmatov, 79.Diyor Raxmatilloev.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



34. GOL! Dorievning pasidan keyin Xebay deyarli bo'sh darvozaga yo'l topdi – 2:0! 

30. Zarba! Qahramonovning zarbasi rikoshet orqali Quvvvatovga etib bordi. Tajribali posbon sergak turganini ko'rsatdi va to'pga ega chiqdi. 

26. Abdurahmonov maydon markaziga yaqin hududda Muzaffarovga niisbatan qoidani buzdi.

22. Norxonov Isaqovni biroz turtdi, hakam darvozabonning holidan xabar oldi. Hammasi joyida. 

17. Zarbaaaa! Dahshat! Abdurahmonovning pasidan keyin Xebay yaqin masofada turib mo'ljalda adashdi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi... 

16. Uuux! Rahmatullaev olis masofadan darvozani poyladi, Isaqov qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi. 

14. GOL! Doriev penaltidan to'p kiritib, hisobni ochdi – 1:0! 

11. Penalti belgilandi. To'p himoyachi Miyichning qo'liga tekkani malum bo'ldi. 

11. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov VAR monitoriga chaqirildi. To'p "Qizilqum" vakili qo'liga tekkan bo'lishi mumkin... 

10. Abdurahmonov jarima maydonchasi ichida yayramoqda. U bir qator himoyachilarni aldadi, ammo yakunda faqat burchak zarbasi ishladi. 

8. Jizzaxliklar bugun juda faol — Boshkovich shogirdlari ketma-ket hujum uyushtirmoqda. 

5. Zarbaaa! Xebay to'pni to'xtatmasdan zarba berdi, Quvvatov o'z o'rnida! Shundan so'ng Qobilov darvozani poylashda biroz adashdi. 

3. GOLQobilovning uzatmasidan so'ng Abdurahmonov bosh bilan to'p kiritdi, biroq u ofsayd tufayli bekor qilindi. 

2. Uuux! Dorievning uzatmasdian so'ng Jo'raboev bosh bilan darvozani nishonga oldi, Quvvatovdan seyv! 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 15:00 da start oladi. 

Ўхшаш янгиликлар