
Angliyaning hujumchining shartnomasida yozda 65 million evroga sotib olish bandi ishga tushadi va bu banddan Kataloniya klubi foydalanmoqchi.
32 yoshli hujumchini "Barselona" Robert Levandovskiga o'rinbosar sifatida olib kelishni reja qilgan.
Joriy mavsum Angliya terma jamoasi sardori "Bavariya" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 3 ta golga assistlik qildi. Hujumchining nemis grandi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.