
Sport.es xabariga ko'ra, kataloiyaliklar 28 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted"dan sotib olish taklifini ko'rib chiqmoqda. Agar Markus Reshford maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo'lsa, transfer amalga oshishi mumkin. "Barselona" futbolchiga "Manchester Yunayted"dagi kabi shartnomani taklif qilishga tayyor emas.
Eslatib o'tamiz, Markus yozda ijara asosida "Barselona"ga ko'chib o'tgandi. Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum La Ligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 4 ta assist bor.