iks
ads

Sunnatulloh Hamidjonov: "Nasib qilsa, Bahrayndan uch ochko bilan qaytamiz"

  • Mr.NoBoDy 04.11.2025 11:40
  • 106
  • 30

Xabaringiz bor, "Andijon" klubini endi OCHL-2 doirasida Bahraynda "Al Haldiya"ga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda.

"Burgutlar" kecha Manama shahriga etib borgan va bo'lajak o'yinga jiddiy tayyorlanmoqda. Jamoaning istedodli futbolchilaridan biri Sunnatulloh Hamidjonov klub matbuot xizmatiga bo'lajak bellashuv oldidan intervyu berdi. 

- "Andijon" OCHL-2 doirasida Bahraynda "Al Haldiya"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan nima deya olasiz?

- Raqib haqida malumotlarga egamiz. Chunki o'z uyimizda – "Bobur Arena"da yaxshi, chiroyli o'yinlar ko'rsatganmiz. Xudo xohlasa, Bahraynga g'alaba uchun keldik. OCHLda yaxshi harakat qilyapmiz. Nasib qilsa, bu erdan uch ochko bilan qaytamiz.

- "Al Haldiya"ga qarshi Andijondagi bellashuvda hisob ochilmagandi. Ammo jamoamiz ancha hujumkor va tajovuzkor o'yin ko'rsatgan. Ushbu bellashuvdan xulosa qiladigan bo'lsak, bu safar qanday o'yin kutyapsiz?

- Xudo xohlasa, hujumkor o'yin namoyish qilamiz. Yana murabbiylarimiz bizga qanaqa taktikada o'ynashimizni aniqroq tushuntirishadi.   

- "Al Haldiya" klubi 29 oktyabr kuni uyida "Al Ahli"ga qarshi muddatidan avvalgi 5-tur o'yinini o'tkazib oldi. Guruhdagi hozirgi vaziyatga qanday baho berasiz?

- Guruhdagi vaziyat yaxshi. Hammada imkoniyat bor. Guruh bosqichidan chiqsak bo'ladi, 1-o'rinni egallashimizga ham hali imkon mavjud. 

- 3 ta uchrashuvda gol urmadik va gol o'tkazmadik. Bunga qanday izoh bergan bo'lardingiz?

- Albatta, gol urishimiz kerak. Gol o'tkazmayotganimiz ham katta yutuq. Nasib bo'lsa, gol o'tkazmaslikni davom ettiramiz. Xudo xohlasa, 4-turdan gol urishni boshlaymiz. 

- Siz uchun birinchi navbatda nima muhim: gol urishmi yoki gol o'tkazmaslikmi?

- Birinchi navbatda, darvozamiz daxlsizligini saqlay olsak, hujumda albatta imkoniyatlar bo'ladi va undan foydalanishga harakat qilamiz. Omadga ham bog'liq.  

- "Al Haldiya"ga qarshi Andijondagi bahsda o'ynadik va endi ularni bilamiz. Bo'lajak raqibni kuchli va kuchsiz taraflari nimada deb o'ylaysiz?

- Hamma futbolchilari tezkor, texnikalari bor. Har bir o'yinchiga puxta yonadashamiz. Har doim muxlislarimiz birinchi o'rinda turishadi. Ular qaerda o'ynashimizdan qatiy nazar bizni qo'llab turishadi. Ularga rahmat va xursand qilish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар