
Musobaqaning ochilish o'yinida 7159 nafar muxlis ko'z o'ngida mezbon Qatar o'smirlari U-17 Evroda yarim finalga qadar etib borgan Italiyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Guruhning ikkinchi bellashuvida Afrikada keyinchalik chempion bo'lgan Marokashga chorak finalda yutqazib yurishini to'xtatgan Janubiy Afrika Respublikasi jamoasi Konmebolda 7-o'rin bo'lgan Boliviyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
U-17 Jahon chempionati, 1-tur
"A" guruhi
Qatar U-17 - Italiya U-17 0:1
Gol: Inasio 19

JAR U-17 - Boliviya U-17 3:1
Gollar: Vitboi 38, Boxloko 50, Els 90+5 - Maraude 72 (pen.)


"O'lim guruhi" bo'lishi kutilgan "B" kvartetida Yaponiya o'smirlari Afrika chempioni Marokashni ishonchli hisobda taslim qildi - 2:0. Yodingizda bo'lsa, yaponlar U-17 Osiyo kubogining chorak finalida Saudiya Arabistoniga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi. Guruhning ikkinchi bellashuvida Portugaliya o'smirlari Yangi Kaledoniya darvozasiga 6ta to'p kiritishdi.
"B" guruhi
Yaponiya U-17 - Marokash U-17 2:0
Gollar: Seguchi 57, Xirashima 90+8

Yangi Kaledoniya U-17 - Portugaliya U-17 1:6
Gollar: Vamove 11 (pen.) - Kabral 22, 47, Manuel 53, Mide 59, Furtado 85, Netu 90+7


"S" guruhida kechagi ikkala o'yin ham durang natija bilan yakunlandi. U-17 Osiyo kubogining chorak finalida O'zbekistondan 1:3 hisobida engilgan BAA o'smirlari Kosta Rika bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, Senegal hamda Xorvatiya bahsida hisob ochilmadi.
"B" guruhi
Kosta Rika U-17 - BAA U-17 1:1
Gollar: Bennette 62 - Adel 59

Senegal U-17 - Xorvatiya U-17 0:0

"D" guruhidagi markaziy o'yinni hamyurtimiz Rustam Lutfullin boshqarib bordi. Unda o'z qitasida bor yo'g'i 6-o'rinni egallagan Argentina o'smirlari Evropada yarim finalga qadar etib borgan Belgiyani 3:2 hisobida engishdi. Guruhdagi ikkinchi to'qnashuvda tunislik o'smirlar Fiji darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritishdi.
"D" guruhi
Argentina U-17 - Belgiya U-17 3:2
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov
Gollar: Tulian 36, Jainikoski 68, Eskivel 71 - De Kimpe 45+4, Naert 59


Tunis U-17 - Fiji U-17 6:0
Gollar: Slama 30, 53, Tayechi 36, 86, Saidi 74, Haj Abdallah 80


Eslatib o'tamiz, Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi kichik mundialdagi yurishini ertaga, 5 noyabr kuni boshlaydi. 18:00 da start oladigan bellashuvdagi raqibimiz Paragvay o'smirlari bo'ladi.