iks
ads

Krishtianu Ronaldu: "Manchester Yunayted" noto'g'ri yo'lda"

  • Mr.NoBoDy 04.11.2025 21:32
  • 513
  • 30

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu klubning hozirgi holatini tanqidiy baholadi.

- Butun dunyodagi eng muhim klublardan biri, mening yuragimdagi eng muhim klublardan birini bunday holatda ko'rish meni hafa qiladi. Bunday paytda o'qigan, bilimi bor insonlardan maslahat olish va kelajakka poydevor yaratish va barchamiz ko'rishga o'rgangan "Manchester Yunayted"ni qaytarish muhimroq.

Hozirgi "Manchester Yunayted"da tizim yo'q..  Umid qilamanki, kelajakda bu o'zgaradi. Chunki klubning potenciali juda yuqori. Bu so'nggi 100 yillikdagi eng muhim futbol klublaridan biri.

- "Manchester Yunayted"ning natijalarini kuzatib borasanmi?

- Albatta. Bu klubda ko'p o'ynaganman, ECHL, "Oltin to'p", 12-13-14-chempionlikni yutganman. Takrorlayman: "Manchester Yunayted" hali ham mening qalbimda. Bu klubni yaxshi ko'raman. Biroq to'g'riso'z bo'lish kerak: ular to'g'ri yo'ldan yurmayapti. O'zgarishlar kerak. Menimcha bu erda gap futbolchi va murabbiyda emas, - dedi "Al Nassr" hamda Portugaliya termasi futbolchisi.


Ўхшаш янгиликлар