iks
ads

U-17 Jahon chempionati. Bugun o'smirlarimiz o'z yurishlarini boshlaydi

  • Mr.NoBoDy 05.11.2025 07:40
  • 315
  • 30

Ayni kunlarda Qatar maydonlarida o'smirlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Bugun Islombek Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvini o'tkazadi. Raqib - Paragvay  U-17 terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da “Espayr” akademiyasi 1-maydonida start oladi.

Paragvay U-17 – O'zbekiston U-17

5 noyabr. Qatar. "Espayr" akademiyasi. 1-stadion. 18:00 

Bosh hakam: Rohit Saggi (Norvegiya)

Qanot hakamlari: Anders Dale, Yorgen Valstadsve (ikkisi – Norvegiya)

To'rtinchi hakam: Hamza El Fariq (Marokash)

Ўхшаш янгиликлар