iks
ads

Flik yozda "Barselona"ni tark etmoqchi

  • Mr.NoBoDy 05.11.2025 13:24
  • 219
  • 30

Xans-Diter Flik mavsum yakunida "Barselona" bosh murabbiyligini tark etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi ABC nashri.

Manba malumotlariga ko'ra, nemis mutaxassisi sentyabrdan beri o'z shtabiga "juda charchaganini" va ketmoqchi ekanini aytib kelmoqda.

Ayrim futbolchilarning etarlicha diqqat va qayfiyat bilan o'ynamasligi, maydonda o'zini butunlay bermasligi Flik xafsalasini pir qilgan. Shuningdek u klub rahbariyatining etarlicha qo'llab-quvvatlamasligidan ham norozi.

Flikning "Barsa" bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi. U jamoani 2024 yil iyulida qabul qilgan.

Hozirgi mavsum La Liganing 11-turidan so'ng kataloniyaliklar turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi, "Real"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Ўхшаш янгиликлар