iks
ads

20 yoshgacha bo'lgan dunyodagi eng qimmat futbolchining narxi 349,6 mln evro ekan

  • Mr.NoBoDy 05.11.2025 19:40
  • 696
  • 30

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi ("CIES") 20 yoshgacha bo'lgan dunyodagi eng qimmat futbolchilar reytingini elon qildi.

Ro'yxatga 25 ta liga va 80 ta klubdan jami 113 nafar futbolchi kiritilgan. Birinchi o'rinni "Barselona" futbolchisi Lamin Yamal egalladi – uning transfer bahosi 349,6 million evroga teng deb baholangan.

Top-10 quyidagicha:

  1. Lamin Yamal ("Barselona") – 349,6 mln evro;

  2. Estevao ("Chelsi") – 118,1 mln evro;

  3. Pau Kubarsi ("Barselona") – 112,7 mln evro;

  4. Franko Mastantuono ("Real") – 102,4 mln evro;

  5. Uorren Zair-Emeri (PSJ) – 92,3 mln evro;

  6. Itan Nvaneri ("Arsenal") – 88,1 mln evro;

  7. Maylz Lyuis-Skelli ("Arsenal") – 84,8 mln evro;

  8. Jeovani Kenda ("Sporting" / "Chelsi") – 80,2 mln evro;

  9. Endrik ("Real") – 73,2 mln evro;

  10. Lukas Bergvall ("Tottenxem") – 68 mln evro.

Qolganlar orasida Jorrel Hato ("Chelsi") 67,1 mln evro bilan 11-o'rinni, Leni Yoro ("Manchester Yunayted") 50,5 mln evro bilan 16-o'rinni, Mark Giu ("Chelsi") 43,8 mln evro bilan 20-o'rinni egalladi.

Ўхшаш янгиликлар